Ishchi guruh chustlik A.Yodgorovga imtiyozli kredit olib beradi

08.09.2018, 15:49

Ishchi guruh chustlik A.Yodgorovga imtiyozli kredit olib beradi

Avval xabar qilinganidek, partiya xodimlari va mahalliy Kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh a’zolari mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Chust tumanidagi “Birlik”, “Qoraqo‘rg‘on” “Yangixayot” va “Kamarsada” MFYda tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ushbu mahallalarda 11 ming 485 nafar aholi istiqomat qilishi, hudud ahli asosan bog‘dorchilik, chorvachilik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

To‘g‘ri, tumanda fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biroq hududda toza ichimlik suvining tanqisligi, ichki yo‘llar ta’mirtalab ekani, elektr ta’minotidagi uzilishlar odamlarni ko‘p yillardan buyon qiynab kelmoqda. Mavjud muammolarni atroflicha o‘rgangan partiya faollari murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yubordi.

Shuningdek, aholi bilan muloqotlar davomida hudud ahli tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.

Masalan, shu hududda yashovchi Abdug‘affor Yodgorov bo‘sh turgan 4.5 sotixlik yer maydoniga issiqxona tashkil etmoqchi ekanligini aytib, imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘radi. Partiya faollari esa fuqaroga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit olishda ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Ishchi guruhning aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

 Rustamjon XAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1088
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+