OʻzLiDePning ikki nomzodi deputatlikka saylandi

18.10.2018, 18:09

OʻzLiDePning ikki nomzodi deputatlikka saylandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda tuman Kengashlariga 2018 yil 14 oktyabrda bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Shayxontohur tuman Kengashiga “45-Qoratosh” okrugidan Shayxontohur tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, O‘zLiDeP a’zosi Shuhrat Muxamedxanov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Yashnobod tuman Kengashiga “34-Aviasozlar” okgugidan Yashnobod tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, O‘zLiDeP a’zosi Xojiakbar Tillashayxovlar nomzodi ko‘rsatilgan edi.

Saylov natijalariga ko‘ra, partiyamizdan ko‘rsatilgan ikki nomzod ham deputatlikka saylandi. 

Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O‘zLiDePБўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-10-21 10:58:31

Партиямиздан кўрсатилган икки номзод ҳам депутатликка сайланиши бу халқимизни уларга, партиямизга бўлган ишончидир. Энди бу ишончни муқаддас билиб аниқ мақсад сари интилиш,халқимизга муносиб хизмат қилишларини тилаб қоламиз.


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани 2018-10-19 10:58:56

Янгидан сйаланган депутатларимизни табриклаймиз, келгуси ишларида омадлар тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+