Yosh kadrlar – kelajak bunyodkori

25.10.2018, 17:56

Yosh kadrlar – kelajak bunyodkori

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yosh kadrlar – kelajak bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi va Toshkent shahar Kengashi mas’ul xodimlari, institut professor-o‘qituvchilar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.   

Tadbirda Toshkent shahridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, loyiha doirasida O‘zLiDeP Toshkent shahar va tuman Kengashlarida talabalarning amaliyotlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi. Tadbirlarda faol ishtirok etgan nomzodlar haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirilib, ular partiyaning kadrlar zaxirasiga kiritildi.

– Tadbir davomida partiyaning dastur va ustavi haqida yetarlicha ma’lumot oldik, – deydi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi Azamjon Xudoyqulov. – Partiyaning “Yoshlarga oid davlat siyosati” dasturiga muvofiq, yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borayotgani ishlar bilan tanishdik. 

Tadbir so‘nggida siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobat kuchayib borayotgan bir davrda, O‘zLiDePga jonkuyar, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni jalb qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир тумани 2018-10-26 08:15:21

Жойларда утказилаетган УзЛиДеП нинг “Янги авлод кадрлари” лойиҳаси доирасидаги “Ёш кадрлар – келажак бунёдкори” мавзусида давра суҳбатлари бугуниги куннинг яшларини аниклаш уларни хар тамонлама куллаб кувватлаш, уларни тадбиркорликга ургатиш, жамиятдаги фаоллигини ошириш, эркин фикрлаш кобилиятини уйготиш ва албатта сиёсий саводхонлигини мустахкамлашдан иборат


Fikringizni qoldiring

+