Saylovchi ishonchini qozonish birinchi galdagi vazifamiz

12.12.2017, 16:41

Saylovchi ishonchini qozonish birinchi galdagi vazifamiz

Biz uchun ustuvor masala kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shahar hududiy yalpi mahsulotidagi ulushini izchillik bilan oshirib borish, tadbirkorlik sub’ektlarini, chunonchi, ular o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan davrda qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratishdir. Shuningdek, tarmoq yo‘nalishlarini ishlab chiqarish va innovatsiya kompaniyalari tomonga ko‘paytirish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish ham eng muhim vazifalarimizdan hisoblanadi.

4 dekabr kuni Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutida saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida ularga ana shular xususida batafsil ma’lumot berildi. Saylovoldi dasturimni, ayniqsa, ushbu dargoh talabalari va tadbirkor bo‘lish istagidagi yoshlar qo‘llab-quvvatlashdi. Mazkur institut talabalarining aksariyati to‘qimachilik va yengil sanoatda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, nazariy bilimlarini amalda isbotlashni istashadi.

Ayniqsa, biz sohani moliyaviy, axborot, maslahat, huquqiy jihatdan to‘liq ta’minlash, xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi kompleks dastur ishlab chiqish va amalga oshirishni taklif qilamiz, deganimizda zal gulduros qarsaklarga to‘lib ketdi. Shuningdek, yirik ishlab chiqarish korxonalari atrofida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat korxonalarini faol jalb etgan holda yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tizimini yaratish tarafdorimiz.

O‘ylaymanki, saylovchilar bilan ilk uchrashuvim keyingi muloqotlarimning bundanda samarali va ko‘tarinki ruhda o‘tishida poydevor vazifasini o‘taydi. Eng muhimi, bugungi saylovchilar kechagisidan butunlay farq qiladi. Ularning menga bergan savollari, saylovoldi dasturimga bildirgan munosabatlari, fuqarolik pozitsiyasi shundan darak bermoqda.

Suxrob AKOBIROV,

26-Hamdo‘stlik saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari

Yakkasaroy tuman Kengashi deputatligiga nomzod

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    752
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+