Partiya faollari va BPT raislari taqdirlandi

13.12.2017, 15:19

Partiya faollari va BPT raislari taqdirlandi

Baxtimiz Qomusi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi arafasida O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashida peshqadam BPT raislari va partiya faollarini qutlug‘ sana munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning  Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida “...bugun zamonning o‘zi barchamizdan, birinchi navbatda siyosiy partiyalarning vakillari, deputat va senatorlardan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning nafaqat ishtirokchisi, balki tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishni, boshqalarga namuna ko‘rsatishni talab etmoqda”deb bejiz tilga olingani yo‘q.

Bu so‘zlar hech shubhasiz O‘zLiDePning quyi bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha maslakdoshlarimizga, ayniqsa BPTlarning yetakchilariga ham to‘la taalluqlidir. Chunki partiya quyi bo‘g‘inlari rolini yanada kuchaytirish O‘zLiDeP Dasturi va saylovoldi platformasida ilgari surilgan vazifalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, “Xalqbilan muloqot va inson manfaatlari yili”deb e’lon qilingan joriy yilda qabul qilingan Davlat dasturini amalga oshirishda partiyamiz o‘rnini yanada mustahkamlash va ushbu siyosiy tuzilma rolini kuchaytirish ko‘p jihatdan joylardagi BPTlarning tashabbuskorligi, yangilikka intilishi va xalq ichiga kirib borishiga bog‘liq. Bugungi kunda partiyaning g‘oya va  maqsadlarini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish, aholi bilan bevosita muloqot olib borish, odamlarning quvonch-tashvishlari, muammolarini yaxshi bilish, ularga partiyaviy vositalar bilan yechim topishga intilish aksariyat BPTlarning faoliyat mezoniga aylanib borayotgani e’tiborga sazovor.

Tadbirda partiya faollari va BPT raislaridan 34 nafariga O‘zLiDeP viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

       O‘zLiDeP Buxoro viloyat

        Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1742
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+