“O‘sha kunlarning ortda qolgani rost bo‘lsin”
03.05.2019, 09:47
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari B.Yakubov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari F.Soliyev hamda partiya viloyat Kengashi raisi Ya.Dushanovlar Navoiy shahar Yangiariq MFYda yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Baraka Zaripov xonadoniga bordi.
Uchrashuv davomida Baraka ota tinch-osoyishta hayotning, ogohlikning qadri, farovon turmushning hikmati, fidoyilik kabi insoniy fazilatlar xususida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.
–Ayni kuchga to‘lgan navqiron yigitlik davrim urush yillariga to‘g‘ri keldi, – deydi Baraka ota Zaripov. – Yetti yil jang maydonlarida, vatandan uzoqda yashadim. O‘tgan kunlarni eslash biz uchun juda og‘ir. O‘sha kunlarning ortda qolgani rost bo‘lsin. Shunday dorilomon kunlarga yetkazganiga shukr!
Partiya vakillari otaxonga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
Byudjet mablag‘lari hisobidan ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim
25.04.2024, 11:46
-
Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
25.04.2024, 09:15
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
Fikringizni qoldiring