“Bugungi dorilomon kunlar bardavom bo‘lsin”

07.05.2019, 12:28

“Bugungi dorilomon kunlar bardavom bo‘lsin”

Qarshi shahri “Buyuk turon” mahallasida yashovchi Axmat ota Jalilov bugun o‘zining 94 yoshini qarshi oldi. Hozir bir etak nabira va evaralar qurshovida  keksalik gashtini surmoqda. Bayram arafasida uning xonadoni yanada fayzu tarovatga boyib ketdi. 

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari B.Yakubov boshchiligida partiya Qashqadaryo viloyat Kengashi vakillari A.Jalilov xonadoniga tashrif buyurib, otaxon bilan dildan suhbat qurdilar.  

Axmat ota o‘zining hayot yo‘llari va urush yillaridagi xizmatlari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. Bugungi dorilomon kunlarning bebaho ne’mati bo‘lgan tinchlikni qadri beqiyos ekanligini bot-bot ta’kidladi. O‘z navbatida, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari B.Yakubov otaxonga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

– Urushga ketishdan avval hozirgi “Qashqadaryo viloyat teatri”da aktyor bo‘lib ishlaganman, – deydi Axmat ota. –Urush boshlangach, ko‘pchilik yurtdoshlarim qatori men ham frontga ketdim. U yerda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdek. Urushda qanchadan-qancha insonlar ko‘z o‘ngimda halok bo‘lishdi. Ilohim, xalqimiz hech qachon urush ko‘rmasin. Bugungi dorilamon kunlar bardavom bo‘lsin.

Eslatib o‘tamiz, bugun viloyat bo‘ylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga esdalik sovg‘alarni topshirish marosimlari davom etmoqda.

 To‘lqin TURDIYEV,

O‘zLiDeP Qashqadaryo

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    758
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+