Izboskanda O‘zLiDeP a’zolari soni 25 nafarga ko‘paydi

15.12.2017, 21:45

Izboskanda O‘zLiDeP a’zolari soni 25 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Andijon viloyati tuman va shahar Kengashlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayni kunga qadar partiyaning Bo‘z, Izboskan, Paxtaobod, Andijon, Jalaquduq tumanlari va Xonobod shahar Kengashlarida mazkur yig‘ilishlarda mahalliy deputatlar, BPTlar, elektorat vakillari faoliyatiga tanqidiy baho berilib, mavjud kamchiliklar tez fursatda bartaraf etilishi zarurligi qayd etildi.

-Yig‘ilishda, shuningdek, davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari oldiga qo‘ygan dolzarb vazifalari yuzasidan ham muhim rejalar belgilab olindi, - deydi tumandagi “Namuna sara urug‘i” fermer xo‘jaligi rahbari, Xalq deputatlari Izboskan tuman kengashi deputati Ma’rufjon Bakirov. -  Bugun berilgan barcha topshiriqlar zamirida Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Deputatlikda ham, agrar soha islohotlarida ham muayyan yutuqlarni qo‘lga kirita olsak, xalqning roziligiga  erishsak – viloyatimizning hamma jabhada yuksak marralarga ko‘tarishimiz oson bo‘ladi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida tumanning sharafini yana bir qadar yuqoriga ko‘targan fidoyi fermer “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Mukarram Qurbonova partiya viloyat kengashining esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi, shuning barobarida izboskanlik 25 nafar yoshlarga partiyaga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Nozimjon Ergashev,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling

  • Ko'rildi
    1523
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+