Salohiyatli yoshlar jamiyat poydevori

19.12.2017, 15:42

Salohiyatli yoshlar jamiyat poydevori

Bugungi kunda katta umid, orzu-maqsadlar bilan, Vatanim taraqqiyotiga xissa qo‘shaman, deb belini mahkam bog‘lab maydonga chiqayotgan, azmu shijoatli yoshlarimizni xar tomonlama qo‘llab–quvvatlash barchamizning   vazifamiz, balki burchimizga aylandi.

O‘zLiDeP Narpay tuman Kengashi tomonidan Narpay ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash– huquqiy demokratik jamiyat qurishning poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

– O‘zbekistonni haqli ravishda “Yoshlar mamlakati” deb atashadi. Bugun mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig‘i aynan yosh yigit-qizlar tashkil etadi, – deydi O‘zLiDeP  Narpay tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Samariddin Dagarov. – Yoshlar bunyodkorlik salohiyatiga ega  bo‘lgan katta resurs, mamlakatimiz kelajagini negizini tashkil etuvchi ulkan kuchdir. Shu bois yoshlarni qudratli kuchga aylantirish uchun ular ijtimoiy, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda, huquq hamda majburiyatlari to‘laqonli ro‘yobga chiqarilmoqda.

Tadbirda so‘z olganlar keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash, ularning turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetini shakllantirish, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlarni yaratish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3574
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+