Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifi yuzasidan O‘zLiDeP oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

20.12.2017, 14:06

Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifi yuzasidan O‘zLiDeP oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda asosiy e’tibor Prezidentimizning joriy yilning 15-16 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifi va unda belgilab berilgan ustuvor vazifalarga qaratildi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mimtasi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Yakubov so‘zga chiqib, Davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar partiya va uning deputatlik guruhlari oldida ham ulkan vazifalar yuklashini alohida ta’kidlab o‘tdi.

- Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrifini  bizning Chimboy tumanidan boshlagani barchamizga katta quvonch baxsh etdi, - deydi Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Azatjan Qudaybergenova. -  Prezidentimizning o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tamonlama yetuk inson bo‘lib voyaga yetishishida dastavval, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilashga bo‘lgan alohida e’tibor qaratayotgani tumanimizga tashrifini ham aynan bolalar bog‘chasidan boshlaganidan anglash qiyin emas. Zero, Prezidentimiz maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratayotgani bejiz emas. Chunki,  yoshlar tarbiyasiga bugundan e’tibor bermasa ertaga kech bo‘lishini alohida ta’kidladilar.

Dalatimiz rahbari tashrifi davomida hududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda ko‘plab loyihalarni amalga oshirish, yangi tadbirkorlik sub’ektlari, sanoat korxonalarini barpo etish va shu orqali aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratganligi partiyamiz deputatlik guruhlari oldida ham katta vazifalar turganligi va ularning ijrosini ta’minlashda faollik ko‘rsatishimizni talab qiladi. Har birimiz Davlatimiz rahbari olib borayotgan bunyodkorlik ishlariga ko‘makdosh bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga hissa qushishni eng oliy maqsadimiz deb bilmog‘imiz lozim.

- Prezidentimizning bu galgi tashrifida ham tadbirkorlarga bo‘lgan e’tibori yuqori darajada, - deydi Nukus shahridagi «Muratbek mebel» xususiy korxonasi rahbari, O‘zLiDeP faoli Muratbek Tanirbergenov. - Bu borada  Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan aholi punktlari ro‘yxatini shakllantirib, kichik loyihalar tashkil etish uchun tadbirkorlarga 100 milliard so‘mlik kafolatli kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish lozimligini ta’kidladi. Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari bilan ushrachuvida quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlab o‘tganidan teran ma’no mujassam: «Eng muhimi, men bu gapni qayta-qayta aytishdan charchamayman, amalga oshirayotgan ishlarimizning natijasini fuqarolarimiz amalda, o‘zlarining kundalik hayotida albatta sezishi kerak. Nega deganda, odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashni istaydi va bunday istak tabiiy, albatta». Biz, Prezidentimiz bildirgan yuksak ishonch va imkoniyatlarga javoban albatta, xalqimiz istaklarini qondirish va munosib hayot kechirishini ta’mishlashdek izgu ishlarni sitqi dildan amalga oshiramiz.

Yig‘ilish so‘ngida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1241
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+