Tinchlik-xotirjamlik – farovonlik nishonasi

22.12.2017, 17:40

Tinchlik-xotirjamlik – farovonlik nishonasi

Mamlakatimiz taraqqiyoti, hayotimiz farovonligi tinchlik, osoyishtalik –hamjihatligimizga bog‘liq. Uni asrash, doimo ogoh va hushyor bo‘lish, tinchlik va barqarorlikni saqlash, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash esa har birimizning burchimizdir.

O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi tomonidan Bulung‘ur qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida “Tinchlik va osoyishtalik mamlakat taraqqiyotining garovidir!” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda shular haqida so‘z bordi.

–Tinchlik barqaror bo‘lgan joyda taraqqiyot, farovonlik bo‘ladi. Shu ma’noda mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar, xalqimiz hayotidagi yuksalish dovonlari yurtimizda hukm surayotgan osudalik mevasidir, – deydi O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman  Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Akmal To‘rayev. – Bu ne’matning fuqarolarimizni munosib hayot kechirishi, bayramu shodiyonalarni xotirjamlik bilan o‘tkazishdagi ahamiyati beqiyos. Shu bois joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, keng jamoatchilik bilan bahamjihat ish olib borish lozim.

Tadbirda so‘zga chiqanlar hushyorlik va ogohlikni yanada kuchaytirish, yoshlarda millatlararo totuvlik, ijtimoiy va diniy bag‘rikenglik kabi ma’naviy-axloqiy xususiyatlarni kamol toptirish, ularning ma’naviy olamini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    2450
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+