O‘zLiDeP tuman Kengashi xorijdan qaytgan 8 nafar buloqboshilik xotin-qizni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashdi

15.01.2018, 17:23

O‘zLiDeP tuman Kengashi xorijdan qaytgan 8 nafar buloqboshilik xotin-qizni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashdi

Buloqboshi tumani Qumguzar mahallasida istiqomat qilayotgan 26 nafar xotin-qiz xorijga ishlash uchun chiqib ketgandi. O‘tgan yil O‘zLiDeP va Qumguzar MFY sa’y-harakati bilan ulardan 8 nafari o‘z uylariga qaytarilib, bandligi ta’minlandi.   

– Mahallamizda 5 nafar diniy oqimlarga adashib kirib qolgan xotin-qizlarning barchasi 2012 yilda amnistiya qarori bilan jazo muddatidan avval ozod qilindi, – deydi MFY raisi M. Ismoilova. – Ayni paytda ular mahalla ko‘magi bilan tadbirkorlikka jalb qilingan. Masalan, 1965 yilda tug‘ilgan, 5 nafar farzandning onasi A.G‘iyosova tuman markazida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Saodatxon Turg‘unova esa mahalladagi 8 nafar ayolni birlashtirib, “Usta-shogird” an’anasi bo‘yicha kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

Xorijdan qaytgan ayollarning aksariyati A.G‘iyosova singari o‘z xonadonida kichik tikuv sexlari, hunarmandchilik, tomorqachilikdan daromad olishyapti. Eng asosiysi, ularning ham ro‘zg‘ori but, ham muntazam farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanish imkoniga egalar.   

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi

Ayollar qanoti bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+