Mavsumiy ishlayotgan xotin-qizlarning maoshidan kamroq soliq olish taklifi – ayollar mehnatini qadrlashdek oliyjanob qadriyatning hayotimizdagi aksidir

16.01.2018, 16:43

Mavsumiy ishlayotgan xotin-qizlarning maoshidan kamroq soliq olish taklifi – ayollar mehnatini qadrlashdek oliyjanob qadriyatning hayotimizdagi aksidir

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dastur loyihasida ko‘zda tutilgan har bir reja mamlakatimizni iqtisodiy ijtimoiy yuksalishiga xizmat qiladi. Jumladan, O‘zLiDePning xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va fermer xo‘jaliklarini  rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlarini yanada jadallashtirish, kasb-hunar kollej bitiruvchi qizlarini oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, kasanachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, ularni jamiyatda, oilada o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish kabi takliflari jamiyatimizni yanada rivojlantirish uchun muhim omildir.   

O‘zLiDeP faollari tomonidan berilgan qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan, ya’ni fermer xo‘jaliklarida mavsumiy ishlayotgan xotin-qizlarning oylik maoshlaridan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha ma’lum imtiyozlarni berish taklifi esa oilalarimiz faravonligi oshishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, mazkur taklif xotin-qizlarning mehnatini qadrlashdek oliyjanob qadriyatning hayotimizdagi aksidir.

O‘ylaymizki, partiyamiz elektorati tomonidan taqdim etilgan mazkur taklif davlat Dasturida o‘z aksini topadi.      

Ma’mura TURG‘UNOVA,

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi,

“Otaboy sulolasi Otabek” fermer xo‘jaligi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1583
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+