O'zLiDeP deputati ko‘magida 207 nafar yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta’minlandi

04.09.2020, 15:48

O'zLiDeP deputati ko‘magida 207 nafar yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta’minlandi

Butun dunyoda bo‘lgani kabi, yurtimiz aholisi ham koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida yashamoqda. Bu murakkab davrda hamma davlatlarda eng asosiy muammo aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, daromad bilan ta’minlash bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti raisligida joriy yilning 14 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilab berildi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash nafaqat tegishli sohalarni balki, biz mahalliy Kengash deputatlarining ham asosiy vazifamiz bo‘lmog‘i lozim,  –  deydi Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati, “Art Soft Holding” kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Olimxon Babaxanov.

Kompaniyamiz tarkibidagi korxonalarda asosiy e’tiborni ishlab chiqarish xajmini oshirish va qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlashga qaratib kelinmoqda. Natijada joriy yilning birgina o‘tgan avgust oyi davomida 207 nafar yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga erishdik.

Bugungi kunda yurtimizda aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlarni olib borilayotganligi natijasida oilalarimizni barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga erishiladi.

Yulduz Yuldasheva,

O'zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    654
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+