Tadbirkorlikka o‘qitishning yagona tizimi ishga tushiriladi

14.10.2020, 18:12

Tadbirkorlikka o‘qitishning yagona tizimi ishga tushiriladi

Keyingi yillar mamlakatimiz hayotida tadbirkorlik sohasida tub burilishlar davri bo‘ldi. Xususan, aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trillion so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi. Yo‘nalishdagi ishlarning qonuniy asoslari yaratilayotgani esa taraqqiyotga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 14 oktabr kuni qabul qilingan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishni o‘zida ifoda etdi.

Faoliyatimiz doirasidagi uchrashuvlarda ham ayni yo‘nalishdagi masalalarga e’tibor qaratyapmiz. Chunki saylovoldi dasturlarimizda ham partiyamiz maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda saylovchilarimizning tadbirkorlik yo‘nalishida muayyan natijalarga erishishlari, qo‘shimcha daromad topishlari, mamlakat iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shishlari uchun ko‘maklashishni belgilagan edik. Shuning uchun ham hududlarda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, uning turmush tarzini yaxshilash va ish bilan bandligini oshirishga imkon qadar harakat qilyapmiz. Albatta, bu borada orttirilgan tajriba hamda xalqaro amaliyot kompleks va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi kredit olish imkoniyatidan iborat bo‘lgan yaxlit tizimni shakllantirish lozimligini vaqtning o‘zi taqozo etmoqda. Buning uchun birinchi galda biz aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qiziqishi va manfaatdorligini oshirish, bu sohada zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish tizimini joriy etish, mazkur jarayonga xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini keng jalb qilish xususida izchil reja ishlab chiqishimiz zarurligini ko‘ryapmiz.

Demak, endilikda oldimizda turgan dolzarb vazifalardan yana biri yoshlar va ayollarning tadbirkorlik yo‘nalishidagi qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi nodavlat tashkilotlar, nodavlat ta’lim muassasalari safiini kengaytirishga ko‘maklashishdan iboratdir. Ularda aholiga o‘zining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan motivatsion trening mashg‘ulotlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.

Qarorda belgilanganidek, 2022 yil 1 yanvardan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xalqaro standartlar, shu jumladan, Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning tadbirkorlikka o‘qitish dasturlari va tizimi asosida Tadbirkorlikka o‘qitishning yagona tizimi ishga tushiriladi.

Mavluda IBRAGIMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    103
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+