Dostonbek Nuraliyev, Edinburgdagi Heriot Vatt universitetining nanotexnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha magistranti (Buyuk Britaniya):

26.01.2018, 10:04

Dostonbek Nuraliyev, Edinburgdagi Heriot Vatt universitetining nanotexnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha magistranti (Buyuk Britaniya):

– Heriot Vatt universiteti texnika va injeneriya bo‘yicha eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlaridan hisoblanib, innovatsion yo‘nalishlardagi tadqiqotlarga katta ahamiyat qaratiladi. Bugun butun dunyoda nanotexnologiyalarni rivojlantirishga sanoat va ishlab chiqarish sohasining kelajagi sifatida qaralmoqda. Amaliy mashg‘ulotlarda ko‘plab davlatlarning taraqqiyot dasturlarini tahlil qilib, bu fikr naqadar to‘g‘riligiga amin bo‘lamiz.

Prezidentimiz parlamentga Murojaatnomasida dunyoda innovatsion taraqqiyot modellarini joriy etish, ilg‘or g‘oyalar, “nau-xau” va “aqlli” texnologiyalarni eksport qilish hisobidan tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar soni tobora ortib borayotgani ta’kidlandi. Bizda ham bu borada juda katta resurs borligini, imkoniyatlar juda kengligini inobatga olsak,  biz yoshlar oldida hali qilinadigan ishlar miqyosi kattaligini ko‘rsatadi.

Hozir nanotexnologiyalar yo‘nalishdagi bilimlarimni oshiryapman. Dunyo tajribasi bilan tanishayapman. Niyatim – mamlakatimiz iqtisodiyotida ushbu innovatsion tarmoqni rivojlantirishga hissa qo‘shib, bor bilim va g‘ayratimni bu borada yangi loyihalar ishlab chiqishga yo‘naltirishdir. Shu bois O‘zLiDePning “Yoshlar qanoti” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga, partiyaning turli loyihalarida qatnashib, fikr va takliflar berib borishga harakat qilmoqdaman.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+