Oqoltinlik tadbirkorlar uchun master-klass

26.01.2018, 16:55

Oqoltinlik tadbirkorlar uchun master-klass

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan “Peng-Sheng” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, “Mega lyuks”, “Sirdaryo quyon eksport”,  “Sirdaryo Golden Frutis” MChJlar bilan hamkorlikda oqoltinlik 25 ta tadbirkorlar uchun  amaliy seminarlar  bo‘lib o‘tdi.Tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hamda oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika sanoati va boshqa ishlab chiqarish sohalari vakillari ishtirok etdi.

– Kuni kecha qabul qilingan Davlat dasturida mamlakatimizda faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratadi, – deydi “Peng Sheng” qo‘shma korxonasi rahbari o‘rinbosari M.Karimov. – Jumladan, ishlab chiqarishga innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirilayotgani, soliq va bojxona siyosatini va bank-moliya sohasini erkinlashtirilishi xorijiy investorlar tomonidan ham yuksak baholanmoqda. Mazkur omillar mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshiradi.

Tadbirda Davlat dasturida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy salohiyatini yanada  oshirish, tovarlarning raqobatbardoshligini taminlash borasida belgilangan vazifalar ham keng muhokama etildi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati

Kengashi matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1402
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+