Farg‘onada O’zLiDeP deputati eng faol o‘quvchilarga stipendiya berdi

11.03.2021, 18:39

Farg‘onada O’zLiDeP deputati eng faol o‘quvchilarga stipendiya berdi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Azizbek Qosimov 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fevral oyi davomida sinflar o‘rtasida eng yuqori natijalarga erishgan hamda “Fan olimpiada”sida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar faol o‘quvchilarga “Deputat stipendiyasi” loyihasi doirasida taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

Tadbirda barcha o‘quvchilarni yaxshi o‘qishlari, darslarda faol qatnashishlari, kelajakda yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan komil inson bo‘lib yetishishlariga katta ishonch bildirildi.

Albatta, o‘quvchilarning izlanishi, intilishiga qarab, ularning safi kengayib boradi. Tashabbuskor deputat bunday faol o‘quvchilarni Samarqand viloyatiga safarga olib borishga ham va’da berdi.

X.Alimova,

O’zLiDeP Quvasoy shahar Kengashi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    505
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+