Partiyaviy tadbirlarning amaliy natijasi aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda

02.02.2018, 19:25

Partiyaviy tadbirlarning amaliy natijasi aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda asosiy e’tibor tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish va buning natijasida aholi turmush farovonligini yaxshilashga qaratib kelinmoqda.

Birgina joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan partiyaviy tadbirlar natijasida 40 dan ortiq ishsiz aholini ish bilan ta’minlashga erishildi.

Bunga birgina misol partiya viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Namangan shahridagi “Shoxi so‘zana” xususiy korxonasida o‘tkazilgan tadbirda 5 nafar yoshlarni ish bilan band etishga ko‘maklashildi.

Ko‘rpa-to‘shak to‘shamasi ishlab chiqarish sexini o‘tgan yili 5 nafar ishchi bilan faoliyatimizni boshlaganmiz, - deydi “Shoxi so‘zana” xususiy korxonasi ish yurituvchisi Jobirxon Buzrukov. - O‘tgan bir yil mobaynida bevosita korxona ta’sischisi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi J.Razzaqovning sa’yi harakatlari va partiya viloyat Kengashi amaliy ko‘magida korxonamizda erkaklar shimlari va kurtkalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Yanvar oyidan boshlab esa, erkaklar kuylaklarini ham ishlab chiqarishni boshladik, natijada bugungi kunga kelib ishchilarimiz soni 35 nafarga yetdi.

Joriy yilda O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan “Namangan viloyatini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga kiritilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama amaliy yordam berish orqali ularni ishga tushirishga ko‘maklashish va natijada yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, O‘zLiDeP Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlashga erishiladi. 

 IBROXIM SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar

va fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1320
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+