O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi yordami bilan Beshariqda madaniyat uyi ochildi (FOTO)

06.02.2018, 12:04

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi yordami bilan Beshariqda madaniyat uyi ochildi (FOTO)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavluda Xadjayevaga Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi Chorbog‘turong‘i qishlog‘ida madaniyat uyini ochishda va uni zaruriy jihozlar bilan ta’minlanishida aholidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi. Mazkur masala deputatning faolligi evaziga ijobiy yechim topdi. Bu haqida deputat Facebook’dagi rasmiy sahifasida quyidagilarni ma’lum qildi:

“Farg‘ona viloyatining viloyat markazidan 135 km uzoqlikda joylashgan, qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Beshariq tumanidagi Chorbog‘turong‘i qishlog‘ida aholi bilan o‘tkazgan uchrashuvlarimda mahalla aholisi qishloqda biror bir madaniyat maskanini yo‘qligidan shikoyat qilib, ushbu muammoni hal etishda yordam so‘ragan edi.

Muammoni joyida o‘rganib, uni yechimini topishga harakat qildim. Mahalla hududida xashar yo‘li bilan qurilgan bino ta’mirdan chiqarildi. Mazkur binodan maqsadli foydalanish maqsadida, shu joyda Madaniyat uyini ochishda va uni zaruriy jihozlar bilan ta’minlanishida amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga deputatlik so‘rovini yubordim. Vazirlik va viloyat, tuman faollarinig ko‘magida mazkur madaniyat o‘chog‘i o‘z faoliyatini boshladi. Kuni kecha mazkur Madaniyat uyining mahalla ahli va bir guruh yoshlar ishtirokida tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu savobli ishga ozgina xissam qo‘shilganligidan, nuroniy otaxon va onaxonlarning duolarini olganimdan bexad mamnunman.”

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1736
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Chayon2019-06-23 23:23:50

Илтимос факат елгон гапирмайлар. Партияни бу курилишга умуман алокаси йук


Fikringizni qoldiring

+