Kartoshka importi QQSdan ozod etildi

21.02.2018, 16:35

Kartoshka importi QQSdan ozod etildi

Prezidentning 20.02.2018 yildagi PF–5354-son Farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari ro‘yxati to‘ldirildi.

Ro‘yxatga barra va sovutilgan kartoshka (TIF TN bo‘yicha kodi - 0701) kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘yxatga import bojxona boji nol darajali stavka bo‘yicha to‘lanadigan va aksiz solig‘i to‘lanmaydigan 8 ta pozitsiya kiritilgan edi. Boshqa pozitsiyalarga nisbatan bo‘lgani kabi kartoshkaga nisbatan so‘z QQSdan ozod etish haqida bormoqda.

Shu o‘rinda Davlat bojxona qo‘mitasiga olib kirilayotgan kartoshkani belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘sqinliklarsiz bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish topshirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 20.02.2018 yildan kuchga kirdi.


Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1793
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+