Yosh oilalarga beriladigan kreditlar qay tartibda olinadi?

14.04.2018, 15:11

Yosh oilalarga beriladigan kreditlar qay tartibda olinadi?

Savolga Prezidentning virtual qabulxonasida quyidagicha javob beriladi:

Yosh oila toifasiga – er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) kiradi.

Mustaqil hayotni boshlashga ko‘maklashish uchun yosh oilalarga imtiyozli asosda ipoteka, iste’mol va mikrokreditlar ajratiladi:

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda mikrokredit;

Sotib olinayotgan ko‘chmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti. Yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari 15 yildan kam bo‘lmagan muddatga, uch yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi;

Iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun jismoniy shaxsga iste’mol krediti ajratilishi mumkin.

Yosh oilalarga ipoteka, iste’mol va mikrokreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkasida ajratilishi belgilangan.

Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:

yakka tartibdagi uy-joyni qurish va sotib olish uchun - eng kam oylik ish xaqining 3000 baravarigacha;

Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun - eng kam oylik ish xaqining 2500 baravarigacha ajratiladi.

  • Ko'rildi
    65291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Obid2022-08-14 19:35:21

Kimga murojaat qilish kerak


Soliyev Mavlon 2022-06-16 10:19:56

Yosh oilamiz.istemol kredit olmoqchimiz koʻp yillik muddatga


Otabek2022-04-20 14:40:31

Krededni olish uchun qanaqa xujjatlar zarur qaysi bankdan olsam buladi


Sayyora2022-02-17 21:10:53

Men yosh oyla kridid olishim uchun nima dakumetlar kerak


Shaxzod2022-02-16 10:07:31

Men 20 million kredit olmoqchiman qanday olsam buladi


RAVSHANBEK2022-01-29 14:22:03

MEN YOSH OILAMAN UZOQ MUDDATGA QNDAY KRIDIT OLSAM BOLADI


Rahmatullo2022-01-27 21:34:35

Kiridit olish uchun kimga murojat qilish kerak


Rustam2022-01-24 15:02:50

Uy joy qurish uchun qancha olsam boladi


Azamjon2021-12-07 14:26:19

Men yosh oilaman men oila shaoitimni yaxshi lash uchun menga yer VA imtiyozli kirditkerak men Kim murojat qilsam bo'ladi


Sarvar 2021-10-15 15:21:32

Qoysi bank baradi buni? Men oilaliman mana ishsizman bir nafar farzandim bor xar yili chet elga qatnayman qishda bekor qolaman menga bersin 35 40 milyon savabsiz. Bu qriditni foizi qancha va qaysi bankdan olsa boladi Kim javob beroladi qani faqat safsata


Fikringizni qoldiring

+