Namangan viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi

04.07.2018, 18:43

Namangan viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi

Prezidentning 2.07.2018 yildagi  «Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3826-son qarori e’lon qilindi.

Tashkiliy masalalar

Mintaqada 6 ta yangi kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etilmoqda:

 

T/r

KSZ nomi

KSZ tashkil etiladigan ob’ektlar nomi

1.

Namangan shahar KSZ

 «Orzu», «Paxtalikko‘l», «Yuksalish», «Xonobod» sanoat zonalari

2.

Chust tuman KSZ

 «Chust paxta tozalash» AJ bino va inshootlari

3.

Namangan tuman KSZ

 «Yangi hayot» sanoat zonasi

4.

Pop tuman KSZ

Sobiq «O‘zruberoid» MChJ bino va inshootlari

5.

Norin tuman KSZ

 «Norin tola» AJ foydalanilmayotgan yer uchastkalari

6.

To‘raqo‘rg‘on tuman KSZ

Sobiq «Dehqonmashta’minoti», «PMK-148» AJlar foydalanilmayotgan yer uchastkalari

 

Mazkur ob’ektlar xo‘jalik hisobidagi jamiyatlar balansida bo‘lganligini hisobga olgan holda, ular budjet oldidagi soliq qarzlarini kamaytirish hisobiga viloyat hokimligiga o‘tkaziladi. Agar qarzdorlik mavjud bo‘lmasa, ushbu jamiyatlarda davlat ulushini kamaytirish hisobiga o‘tkaziladi.   

2 oylik muddatda ob’ektlarni muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini ta’minlash masalalari hal etiladi.

KSZ ishtirokchisi bo‘lgan korxonalar uchun qanday naf bo‘ladi

Bir qator imtiyozlar nazarda tutilgan:

  • KSZ hududidagi davlat mulki ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan eng kam stavka bo‘yicha 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi. Agar biznes rejalar bajarilsa, ish o‘rinlari tashkil etilib saqlanib qolinsa, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lansa, mol-mulk ijaraga oluvchiga o‘tadi;
  • KSZ ishtirokchilariga 1.02.2020 yilga qadar yagona soliq to‘lovini belgilangan miqdordan – egallagan maydonidan kelib chiqib yer solig‘ining 3 baravaridan kam bo‘lmagan summada to‘lash to‘g‘risidagi talab tatbiq etilmaydi.

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilarini tanlab olishdan oldin Namangan viloyati EIZ va KSZ Ma’muriy kengashi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, SSP va tijorat banklari bilan birgalikda KSZda ishlab chiqariladigan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar turlarini belgilashi lozim. So‘ngra ro‘yxat investitsion buyurtmalar berishlari uchun tadbirkorlar e’tiboriga havola etiladi. Qanday qilib KSZ a’zosi bo‘lish mumkinligi haqida bu yerda ma’lumot.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    5860
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sardorbek2018-07-15 10:28:13

Azo bulsak buladimi?


Fikringizni qoldiring

+