O‘zbekiston Bosh vazirini Tojikiston Prezidenti qabul qildi

10.01.2018, 17:36

O‘zbekiston Bosh vazirini Tojikiston Prezidenti qabul qildi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahriga ishchi tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. 

Bu haqida “news.tj” sayti rasmiy manbaga asoslanib xabar berdi.

O‘tkazilgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish sohalari muhokama qilindi. Jumladan, savdo cheklovlarini bartaraf etish, suv va energetika resurslaridan foydalanish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning ikkitomonlama harakatlanish tartibini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun tariflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bog‘laydigan mavjud temir yo‘llarni tiklash, chegara oldi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv davomida turli ko‘rgazmalar, madaniyat kunlarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarga ham yuqori baho berildi. 

Tomonlar Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi barcha sohalarda do‘stona aloqalar yanada  mustahkamlanishiga ishonch bildirib, hukumatlararo va hududlararo aloqalarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga tayyor ekanliklarini ham ta’kidlab o‘tdi. 

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1762
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+