Bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi!

Bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi!

Bugun matbuotda Prezidentimizning “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini o‘qib, beixtiyor shu so‘zlarni aytib yubordim.

 Boisi, qarorda 2018 yilning 1 iyulidan e’tiboran dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritilishi belgilandi. Aytish kerakki mazkur norma pensiya g‘amini yeb yurgan uy bekalari va o‘z tomorqasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun Prezidentimiz tomonidan ajoyib tuhfa bo‘ldi,  desak sira yanglishmaymiz. Haqiqatan ham bunaqa imkoniyat va imtiyozlar jahonning boshqa mamlakatlarida ham kamdan-kam kuzatiladi, desak adashmaymiz.

Bilamiz-ki O‘zLiDeP tomonidan hududlarda  “Tomorqa — qo‘shimcha daromad manbai” shiori ostida tashviqot-targ‘ibot ishlari hamda “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh”  loyihasi orqali aholi orasiga yanada chuqurroq kirishga intilayapti. Maqsad tomorqa xo‘jaliklariga o‘zini to‘la tiklab olishiga, xonadonlarning moddiy farovonligini, shuningdek, ma’naviy va huquqiy savodxonligini oshirishga yordamlashishdan iboratdir. Loyiha doirasida aholi bilan uchrashganda mazkur qarorning shu jihatini ularga alohida tushuntirishimiz zarur. Zero, bu sa’y-harakatimiz odamlarning tomorqadan unumli fodalanishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada ortishiga xizmat qiladi, albatta.

Rustam HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot

ishlari bo‘limi mudiri

***

Korxonamiz meva-sabzavot, poliz mahsulotlari va rezavorlar yetishtirish, ularni saqlash hamda chuqur qayta ishlash, buyurtmachilarga kafolatli ravishda yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘rinib turganidek, faoliyatimiz bevosita qishloq xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog‘liq. Arzon, sifatli, sara meva-savzavotlarga doimiy ehtiyojimiz bor. Shu ma’noda Prezidentimizning “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori faoliyatimizni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim qaror bo‘lganligini alohida ta’kidlamoqchiman.

Qarorga binoan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Bu esa men kabi tadbirkorlarning nafaqat ichki, balki tashqi bozordagi faoliyatini yanada kengaytirish uchun juda yaxshi imkoniyatdir.

Italiyalik o‘simlikshunos olimlar bilan iqlim sharoitimizga mos  gilos va boshqa danakli mevalar (o‘rik, shaftoli va olxo‘ri) navlarini yaratish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz, Ular bilan birgalikda o‘zimizda yetishtiriladigan gilosning hajmini biroz kattalashtirish va eng asosiysi uning ma’lum muddatga saqlash uchun zichligini oshirishga ham muvaffaq bo‘ldik. Shu asosda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida 500 gektar yerga ana shunday hosil beruvchi gilos ko‘chatlarini ekdik. Negaki, eksportning o‘ziga xos tartiblari bor. Mahsulot vaqtida yig‘ib olinishi, yaxshi saqlanishi, qadoqlanishi va xaridorga sifatli yetkazilishi kerak. Ochig‘ini aytish kerak, mamlakatimizda yetishtirilayotgan aksariyat meva-sabzavotlar xorijlik hamkorlarga yetib borguncha biroz sifati buzilayapti.

Endilikda biz mazkur faoliyatimizni kengaytirish bo‘yicha “Tomorqa xizmati” MChJga bemalol murojaat qilishimiz, zarur maslahat va ko‘rsatmalar olishimiz mumkin. Bu ham ayni shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyatdir.

Murodjon VALIYEV,

“Gold Dried Fruits” mas’uliyati

cheklangan jamiyati rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1050
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

И.Очилова-Навбаҳор туман "Очилова Инобат" БПТ раиси2018-05-08 14:36:28

Ўзим фермер бўлганлигим сабабли Президентимиз томонидан чиқарилаётган қарорлар ўз вақтида ва керакли эканлигини биламан. Шу сабабли биз фермерлар иш фаолиятимизда ўзгариш қилишимиз керак.


Аҳмад Рўзмад Ф/х БПТ2018-05-03 16:00:53

Президентимиз томонидан халқимизга ажойиб туҳфа бўлган бу қарорларидан хурсандмиз.


Шоира Хасанова2018-05-02 18:44:56

Мухтарам Юртбошимизнинг мазкур қарори бир кафт ерга хам барака уруғини қадайдиган захматкаш халқимиз учун хақиқий тарихий тухфа бўлди.Айниқса, ерни фарзандидек азиз билган оддий ўзбек аёли хам учун мехнатидан эъзоз топадиган имкониятлар эшигидир. Қалби қуёшдек иссиқ меҳнаткаш она халқимизни Президентимизнинг “Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари фаолиятини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори билан қутлаймиз. Тонглари қуёшни аллалаб уйғотгувчи, шомлари ойнинг шуъласидан мехр олгувчи,бир кафт ердан ҳам боласининг ризқини яратгучи,дастурхони баракали опа-сингилларимиз ерга меҳр бериб истаса энди дунёлар яратишига ишонамиз!


А. Бердиев Шеробод туман Кенгаши депутати2018-05-02 17:22:52

Мухтарам Президентимизнинг мазкур қарори асосан томорқа эгалари тижорат банкларидан кредит маблағлари олиб қўшимча фаолият турларини ташкил қилиб қўшимча даромад олиш имкониятига эга бўлади


Г. Қулмўминова O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши ижрочи котиби.2018-05-02 17:14:50

Президентимизнинг ушбу фармони қишлоқ ахолиси уз томорқасидан янада унумли фойдаланиб қўшимча даромад олишга замин бўлади.


Ш. Хўжаназаров O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши аппарат рахбари 2018-05-02 17:12:38

Бугун матбуотда Президентимизнинг “Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари фаолиятини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори фермерлар қолаверса қишлоқ ахолиси учун энг мухим қарор бўлди. Ушбу қарор орқали фермерлар томорқа ер эгалари учун янги имкониятлар яратилди


Курязов Бахтияр Шовот туман кенгаши депутати2018-05-01 18:14:54

Президентимизнинг “Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари фаолиятини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорининг ҳудудлардаги ижроси, чекка қишлоқларда яшаётган аҳоли ўртасида тарғиботини тўғри ва самарали олиб бориш мақсадида, партиямиз фаоллари ва депутатларини, маҳалла фуқаролар йиғинлари раислари билан ҳамкорликда изчил ишлар олиб бориши лозим


O’zLiDeP Навоий вилояти ҳудудий партия ташкилоти ходими Чингиз Раджабов2018-05-01 14:55:20

Президентимиз қароридан бугун деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари жуда хурсанд бўлмоқдалар. Халқимизда бир гап бор ерга қарасанг сени боқади.


Фарида БПТ раиси2018-05-01 14:49:44

Прездентимизнинг маскур карорлари юртимиздаги тинчлик ва фаровонликни таминлаш йулидаги улкан кадамлардан биридир.


Яккасарой туман Кенгаши "Баби тойс гарден" БПТ Раиси 2018-04-30 19:33:54

Президентимизнинг “Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари фаолиятини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори хар бир томорқа ер эгалари учун мухим қарор хисобланади


Fikringizni qoldiring

+