Oilaviy biznes: kecha, bugun ertaga

20.06.2018, 11:31

Oilaviy biznes: kecha, bugun ertaga

Avval xabar berganimizdek, yaqinda Prezidentimizning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra joriy yilning 10 iyunidan namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida “Har bir oila tadbirkor” hududiy dasturi amalga oshirilishi boshlandi. Buning uchun Andijonga xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratiladi.

Dasturdan kelib chiqqan holda bir oy muddatda;

- naslli qoramol, parranda va quyonlarni mahalliy sharoitlarga moslashtiruvchi maxsus fermalarni tashkil etish;

- mazkur fermalarga chet eldan mahsuldorligi yuqori bo‘lgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarini olib kelish, ko‘paytirish, viloyatning tabiiy-iqlim sharoitiga mos zotlarini yaratish, ularni aholiga maqbul narxlarda sotish uchun ko‘rgazmalar tashkil etish hamda mollarni sun’iy qochirishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish;

- aholiga maxsus fermalardan sotib olingan chorva mollari, quyon va parrandalarni boqish texnologiyalarini tushuntirish, kelgusida ularni vaksinatsiya qilish, sun’iy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish;

- sifatli omixta yem ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish borasida loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashish, aholining yillik ehtiyojini hisobga olgan holda omixta yem, vitaminlar, premikslar, qo‘shimchalar hamda veterinariya preparatlarini yetkazib berish vaziflarini amalga oshirish belgilangan edi.

Bu vazifalarning to‘la amalga oshishidan partiyamiz bevosita manfaatdor, albatta. Chunki gap aholini tadbirkorligi va bandligi haqida ketayapti. Tabiiyki ushbu qizg‘in jarayondan O‘zLiDeP chetda tura olmaydi.

Xo‘sh, bu borada bizning aniq vazifamiz nimadan iborat bo‘lishi kerak? Avvalo mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tatbiq etilgan hayotiy dasturning mazmun-mohiyati, maqsadini, yuqorida keltirilgan vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni aholiga chuqurroq, aniqroq tushuntirishimiz kerak. Shu maqsadda barcha viloyatlarda bo‘lgani kabi Andijon viloyatining ko‘plab tumanlarida, mahallalarda dasturga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etilayapti. Davra suhbatlari har qanday rasmiyatchilikdan holi tarzda ochiq muloqot shaklida o‘tayapti. Bank, soliq va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari “Har bir oila–tadbirkor” dasturidagi muhim yo‘nalishlarni aholiga tushuntirib berishmoqda. Ishtirokchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan har qanday savolga javob olishayapti. Maqsad odamlarda qo‘rqmasdan bankdan kredit olib tadbirkorlikni boshlashga ishonch, ishtiyoq uyg‘otish, ularning har qanday tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur shart-sharoitlar mavjudligini tushuntirishdan iborat. Shu kunga qadar, Baliqchi, Asaka, Xonobod kabi tumanlarda ana shunday davra suhbatlari o‘tkazildi.

Bir so‘z bilan aytganda, har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, faqatgina moddiy manfaat keltiribgina qolmay, bolalarning mehnatsevar, ota-onasiga yordamchi bo‘lib, shu sohaning ichida o‘sib-ulg‘ayishiga zamin hozirlaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi ana shu hayotiy jihatlari bilan xalqimizga manzur bo‘lmoqda.

Dilshod Abdullayev,

O‘zLiDeP Andijon viloyati

Kengashi Biznes tuzilmalar va

fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2380
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Meliqulov.ulugbek.Farxodovich 2020-05-20 02:30:36

O'zbekiston.Respublikasi.Boshvaziri.Abdulla.Aripov.Nigmatovichga.iltilomos.qilaman.Men.Meliqulov.Ulugbek..men.ota onam.vafotetgan.meni.2 nafar.ukambor.men.ukamniuqutishim.kerak.ishka.kirgishim.kerak uylantirishim.kerak.va.uzim.uylanishim.kerak.Meni.Navoiy..da.ota.onam.xechkim.yodam bermadi.Vertual Qabulxonasi.2017yil.dabirmirjatqilman.2020.men.Abdulla.Aripov.Boshvaziri.Qabuliga.kirishimuch.yordam.berishingizni.iltimos.qilaman.942571718

Даврон Темиров2020-03-10 15:23:37

Расул Кушербаевга ўхшаш жасоратли, журъатли ва халқпарвар депуталарёрдамидагина Президентимиз илгари сураётган ислохотлар амалга ошади.Шундайларгина Ватанимизнинг юксалишига қанот бўладилар.

Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Абдуҳамид Ойтуганов2018-06-22 16:19:54

"Хар бир оила тадбиркор" дастурини амалга ошириш албатта қувонарли ҳол,ишонаманки меҳнаткаш халқимиз ушбу дастурни оқлайди.

Термиз шаҳар кенгаши аппарат раҳбари Абдуҳамид Ойтуганов2018-06-22 16:19:53

Fikringizni qoldiring

+