Muloqotlar eng chekka qishloq aholisi muammolariga yechim topmoqda

06.11.2017, 18:08

Muloqotlar eng chekka qishloq aholisi muammolariga yechim topmoqda

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” xotin-qizlarning muammolariga yechim topish maqsadida chekka qishloqlarga safar uyushtirmoqda.

– O‘zLiDeP mutasaddilarining tashrifidan juda quvondik, – deydi Baliqchi tumanidagi O‘lmas MFY, Ma’rifat ko‘chasi 15-uyda yashovchi Gulchehraxon Abdurahmonova. – Kelinim Dildoraxon Rahimova joriy yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomladi. Biroq hanuzgacha mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmayapti. Bir necha bor tuman bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qildik, biroq foydasi bo‘lmadi. O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Oqibatxon Jakbarova muammoimizni hal qilishga va’da berdi.

Shahnoza Nurmatovaning murojaati ham O.Jakbarovaning aralashuvi bilan hal etiladigan bo‘ldi. Muloqotda Sh.Nurmatova hududdagi fermer xo‘jaligidan 1 gektar yer maydoni olib, bog‘dorchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi ekanini aytgan edi. Deputat Shahnozaning bu rejasini fermer xo‘jaligi mutasaddilari bilan maslahatlashib, unga yer ajratib berilishiga erishdi.  

Muloqotlar davomida aholining suyultirilgan gaz ballonga ehtiyojmand xonadonlariga gaz yetkazib berish, kommunal to‘lovlardagi noaniqliklarni barataraf etish, uy bekalarini tadbirkorlik va kasanachilikka yo‘naltirish masalalari bo‘yicha deputatlik hamda partiyaviy nazorat o‘rnatilishi aytildi.

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1785
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+