Yoshlarni kasbga yo‘naltirish muhim vazifa

15.11.2017, 18:19

Yoshlarni kasbga yo‘naltirish muhim vazifa

O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi tumandagi milliy hunarmandchilik kollejida “Kasb tanlovi – baxt tanlovi” mavzusida o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

– Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi o‘z samarasini bermoqda, – deydi O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Akmal To‘rayev. – Ayniqsa, yoshlarni o‘quvchilik davridan boshlab kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham yoshlarni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirishdan iborat.

Ta’kidlash kerak, Bulung‘ur milliy hunarmandchilik kollejida yigit- qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari, pazandalik asboblari keltirilgan. Shuningdek, duradgorlik, temirchilik, chilangarlik kabi kasblarni puxta o‘rganish imkonini beradigan ustaxonalar tashkil etilgan. Hozirda kollejdagi ustaxonada 100 dan ziyod o‘quvchi o‘nga yaqin kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqda.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, qobiliyat va qiziqishi asosida ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2841
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдуллаев Дилшодбек-O’zLiDeP Андижон вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалари ва фермерлар билан ишлаш бўлими мудири2018-07-30 09:04:22

"Хавфсиз шаҳар" концепциясини амалиётга тадбиқ этишда нафақат ички ишлар ходимлари, ахоли вакиллари ва кенг жамоатчиликни роли мухим деб ўйлайман. Бугуннинг талаби хам, ёнимизда ва айни пайтда бўлиб ўтаётган воқеликларга бефарқ муносабатда бўлмасликка чорлайди. Зеро, Ватанимиз тинчлиги ва дахлсизлиги учун хар биримиз маъсул эканимизни унутмаслигимиз керак.


Fikringizni qoldiring

+