Yosh fermerlar – yangi tashabbuslarning ijodkori

14.11.2017, 18:21

Yosh fermerlar – yangi tashabbuslarning ijodkori

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda 5 ming 800 dan ziyod yosh fermer faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bois ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, erishgan yutuqlarini ommalashtirish, ularni milliy va xorijiy tajribalar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu maqsadda O’zLiDeP muntazam ravishda “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib kelmoqda.

Mazkur ko‘rik-tanlovning Sirdaryo  viloyat bosqichi ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tanlovda 18-35 yoshgacha bo‘lgan fermerlik harakatida faol ishtirok etayotgan shijoatli, izlanuvchan va tashabbuskor yosh fermerlar ishtirok etdi.

– Fermer xo‘jaligimiz 2004 yilda tashkil etilgan, – deydi “Sattorqul avlodi” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari, tanlov g‘olibi Jahongir Islomov. – Joriy yilda 15 gektar maydonda paxtaning “S-65” navini parvarish qilib, gektardan 21-25 sentnerdan hosil oldik. Shartnomaviy reja 30 tonna bo‘lishiga qaramay, davlatga 54 tonnadan ortiq paxta xom ashyosini topshirib, shartnomaviy rejani 181 foizga bajardik. Kelgusida fermer xo‘jaligimizda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonasini ishga tushirishni maqsad qilganmiz.

“Yosh fermer” respublika ko‘rik-tanlovinining viloyat bosqichida faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi. 

Husan JABBOROV,

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1357
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sherzod2018-10-05 21:21:28

Men Qarshi shaxridanman.O.T.T tadbirkorman shaxar xokimi tusqinlik qilmoqda J.Fozilov.


Fikringizni qoldiring

+