“Yosh liberallar” klubi - yoshlarni faollikka chaqiradi

10.11.2017, 18:26

“Yosh liberallar” klubi - yoshlarni faollikka chaqiradi

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tomonidan tashabbuskor yigit-qizlarni birlashtirish maqsadida joylarda “Yosh liberallar klubi” tashkil etilmoqda. Kattaqo‘rg‘on shahrida ham “Yosh liberallar klubi” faoliyat boshladi.

Tadbirda “Yosh liberallar” klubining maqsad va vazifalari, klubga a’zo bo‘lish shartlari, a’zolarning huquq va majburiyatlari haqida taqdimotlar qilindi.

Mazkur klubga 30 dan ortiq  yoshlar a’zo bo‘lishdi. Klub a’zolarining qiziqishlari doirasida “Kelajak deputatlari” va “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish guruhlari”ga taqsimlandi. Mazkur klub rahbarligiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi yetakchisi Furqat Najmiyev munosib ko‘rildi.

– Menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman – deydi Furqat Najmiyev – Bu klub albatta yoshlarning siyosiy, ma’naviy jihatdan yuksalishiga xizmat qiladi. Klubimizning  faol va iqtidorli yoshlar bilan mahallalarda, ta’lim mussasalarida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy sohalarga bag‘ishlangan davra suhbatlari, tadbirlar, ochiq muloqotlar tashkil etamiz.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1296
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O`zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-10-10 12:54:57

• Президентимиз томонидан олиб борилаётган дўстона муносабатлар туфайли кейинги икки йил мобайнида мамлакатимиз билан МДҲ давлатлари ўртасидаги товар айирбошлаш ҳажми муттасил ўсиб бормоқда. Айниқса, савдо-сотиқ МДҲ давлатлари ҳамкорлигида муҳим ўрин эгаллайди. Аъзо давлатлар ўртасида ўзаро ишонч ва ҳамкорликни мустаҳкамланиб, Ҳамдўстлик доирасида янги, аниқ лойиҳалар ишлаб чиқишда муҳим аҳамият касб этмоқда. Бу МДҲ давлатлари ва халқлари ўртасида кўп қиррали ва ўзаро манфаатли муносабатларни мустаҳкамлашга хизмат қилади.


ЯНГИОБОД УЗУМ СЕРВИС МЧЖ РАХБАРИ ШУҲРАТ ҚЎЛДОШЕВ2018-05-04 12:53:23

ПРЕЗИДЕНТИМИЗНИНГ ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИГА ТАШРИФЛАРИДАН СЎНГ ҲАР БИР ТУМАННИ ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНТИРИШ БУЙИЧА АЛОҲИДА ДАСТУРЛАРИ ИШЛАБ ЧИҚИЛГАНЛИГИ ЭЪТИБОРГА МОЛИК. ХУСУСАН ЯНГИОБОД ТУМАНИДА ҲАМ УШБУ ДАСТУРГА МУВОФИҚ УЗУМЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ БОРАСИДА ҲАМ ИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА.


Fikringizni qoldiring

+