Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi

09.11.2017, 18:30

Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi tomonidan “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” mavzusida Jomboy transport kasb-hunar kollejida tadbir tashkil etildi.

Dastlab tadbirda yurtimizda tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishi, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga imtiyozli kreditlar berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, biznes yuritish istagidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish, ular erkin faoliyat yuritishi uchun zarur muhitni shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi..

Yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imtiyoz va qulayliklar aholi, ayniqsa, yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, biznesini ochish va rivojlantirishi, tengdoshlari bandligini ta’minlashida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka faol jalb etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Bu kabi ezgu sa’y-harakatlar oilalar farovonligi, aholi bandligi, iqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim omil bo‘lmoqda. 

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    5586
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Saidorif2018-04-24 16:33:33

Осуществляемая в нашей стране колоссальная созидательная работа, происходящие преобразования и обновления послужат реализации высокого экономического потенциала нашей Родины и дальнейшему росту благосостояния народа.


Fikringizni qoldiring

+