Nukusda “Yosh liberallar” klubi

09.11.2017, 18:39

Nukusda “Yosh liberallar” klubi

O‘zLiDeP Nukus shahar  Kengashi qoshida “Yosh liberallar” klubi ish boshladi. 

Klubning ta’sis yig‘ilishida yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida yoshlar ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muhabbat Axnazarova “Yosh liberallar” klubiga a’zolikka qabul qilish va a’zolarning huquq va majburiyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish davomida klubning “Kelajak deputatlari” va “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhlari faoliyati haqida keng tushunchalar berildi.

Tadbir so‘ngida faol va tashabbuskor yoshlarning o‘ttiz nafari “Yosh liberallar” klubi a’zoligiga qabul qilindi.

                                      G.SEYTNAZAROVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi a’zosi, partiya faoli 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+