Yoshlarga tadbirkorlikning sir-asrorlari o‘rgatildi

20.12.2021, 16:48

Yoshlarga tadbirkorlikning sir-asrorlari o‘rgatildi

Siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtirok etishi mamlakatning demokratik rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Bugun yoshlar o‘z fikri va o‘z so‘ziga ega. Deputat va yoshlar uchrashuvida yuqoridagi fikrlar yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman Kengashi hamkorligida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda tumanning 18-“Visol” okrugi deputati Umid Xudoyberganov va 13-“Astrabod” okrugi deputati Sabohat Po‘latovalar tadbirkorlikka havasmand yoshlar bilan muloqot qilishdi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

–Bugungi uchrashuvdan ko‘nglim to‘ldi. Tadbirkorlikni boshlamoqchi edim, ammo ishni nimadan boshlashni bilmasdim. Deputatlarning fikrlari, o‘z faoliyatidagi qarashlari menga motivatsiya berdi. Yaqinda mening ham o‘z bisnesim bo‘ladi, men bu uchun albatta harakat qilaman, - deydi ishtirokchi yoshlardan Nigora Nishonboyeva.

Muloqotda ishtirok etgan yoshlar ham o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirdi.

  • Ko'rildi
    219
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+