Maqsad – yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash

03.11.2017, 18:47

Maqsad – yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash

O‘zLiDeP Samarqand viloyat va shahar Kengashlari tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Yoshlar manfaatlarini ta’minlash borasidagi partiyaviy vazifalari” mavzuda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga partiya faollari tomonidan O‘zLiDePning yoshlarga mo‘ljallangan loyihalari haqida ma’lumotlar berilib, mazkur loyihalar yoshlarni tadbirkorlikka, ilmga, ijtimoiy hayotning boshqa yo‘nalishlaridagi iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirda 2016 yil 14 sentyabrda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati ham tushintirildi.

So‘z olganlar, ushbu qonun yoshlar manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yangi bosqichga olib chiqishi, yoshlar huquqlari va erkinliklari, ularni ijtimoiy muhofazalash, iste’dodli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlari mustahkamlab qo‘yilganini alohida takidlab o‘tdilar.

– Men ham ko‘pchilik yoshlar qatori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishni istayman. Shu bois yurtimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar faoliyatini doimiy kuzatib boraman, – deydi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabasi Shahboz Mo‘minov. –  Bugungi muloqot mamlakatimiz siyosiy maydonidagi yetakchi partiya faoliyati bilan tanishish imkonini berdi. Ayniqsa, partiyaning yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalari menda katta tassurot uyg‘otdi. Partiyaviy loyihalarning barchasi qiziqarli va dolzarb ahamiyatga ega. Yaqin kunlarda o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan “Yosh liberallar” klubining faol a’zosi bo‘lishni maqsad qildim.

Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olish bilan birga, o‘z taklif va istaklarini ham bayon etdilar.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1665
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+