O'zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari oilaviy korxona faoliyati bilan tanishdi

21.01.2022, 16:03

O'zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari oilaviy korxona faoliyati bilan tanishdi

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar kanoti” bo‘limi tomonidan Urganch shahri “Jaloliddin Manguberdi” mahallasida joylashgan “Dilnoza” oilaviy korxonasida “Tadbirkorlik-davr talabi” mavzusida muloqot tashkil etildi.

Ushbu korxona 3 xil turdagi non mahsulotlarini ishlab chiqaradi. 2019 yilda korxona rahbari Dilnoza Qurbanova “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan 78 mln so‘mlik imtiyozli kredit olib,  o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi. Hozirgi kunda korxonada oyiga 12 tonna undan non mahsulotlari tayyorlanmoqda. Korxonada mahalladagi 18 nafar xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlangan. Ishchilar 2 smenada, kuniga 1000 dona non yopib, aholini uzluksiz non mahsulotlari bilan ta’minlab kelishmoqda.

O'zLiDeP viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” faollari korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar, ishchi-xizmatchilar bilan suhbatlar olib bordilar.

-Kelasi yildan boshlab faoliyatimizni kengaytirish niyatidamiz. Ish faoliyatimizni yanada kengaytirsak ichki bozorimizni sifatli, arzon mahsulotlar bilan ta’minlash bilan birga yangi ishchi o‘rinlarini yaratish imkoniga ham ega bo‘lamiz, - deydi korxona rahbari D.Qurbanova.

O’tkazilgan muloqotlar jarayonida O'zLiDeP viloyat Kengashi xodimlari korxonaning istiqboldagi rejalari, muammolari va takliflarini o‘rgandi hamda partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalari, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirayotgan ustuvor vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Muloqotlar yakunida korxonaning bir guruh ishchilariga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi. 

Musharraf Raximova

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+