Kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan yoshlarga tadbirkorlik va fermerlikning sir-asrorlari o‘rgatildi
16.02.2022, 15:29
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Taxiyatosh tumanidagi politexnika kasb-hunar maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.
Muloqotda so‘zga chiqqanlar Taraqqiyot strategiyasida xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish, mamlakatda 2026 yil yakuniga qadar ishsizlik darajasini kamida 2 barobar qisqartirish, shuningdek qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 barobar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berilganligini ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbirda ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yoshlarga ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan samarali foydalanish, ekin maydonlariga, tomorqalarga takroriy ekinlarni ekish va parvarishlash, yoshlarning g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan unumli foydalanish, “Har bir yoshga bir gektar” loyihalari bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar davomida ushbu kasb-hunar maktabi yoshlari partiya safiga qabul qilindi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring