Chempion va yoshlar

03.03.2018, 15:26

Chempion va yoshlar

Sayxunobod tumani Sanoat kasb-hunar kollejida sportning shashka turi bo‘yicha 2016 yilda Bishkekda o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi Sunnat Xamrayev hamda an’anaviy TAYEKWON – DO ITF yo‘nalishida O‘zbekiston chempioni Yulduz Abduxamidova bilan ana shunday mavzuda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiya “Yoshlar qanoti” faollari,  o‘quvchi-yoshlar hamda yosh sportchilar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat raxbari M. Ismatullayev mamlakatimizning barcha hududida yaratilgan keng imkoniyatlar tufayli bugun sport millionlab yoshlarning sevimli mashg‘ulotiga aylanganini ta’kidladi.

- Hozirgi yoshlarga havas qilaman,  - deydi S.Xamrayev. – Nega desangiz, bugun yurtimizda sport bilan shug‘ullanaman degan yigit-qizlarimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Chekka-chekka hududlarda qad rostlayotgan zamonaviy sport majmualari yoshlarning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib kamol topishlariga xizmat qilayotir.

Uchrashuvda sportchilar yoshlarga o‘z faoliyati, sportda erishgan natijalari haqida batafsil so‘zlab berdi. 

 Davron Karimqulov,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1615
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+