Taraqqiyot strategiyasi ijrosini ta’minlashda partiya “Ayollar qanoti” ham faol ishtirok etadi
04.03.2022, 12:22
O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashida partiya faollari hisoblangan tadbirkor va fermer xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” va undagi 7 ta yo‘nalishida o‘z ifodasini topgan 100 ta maqsad xususida batafsil so‘z yuritildi.
Davra suhbatida Buxoro viloyatini ham ijtitimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tub o‘zgarishlar ro‘y bergani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirishda jumladan, Buxorolik tadbirkor ayollarning ham munosib hissasi qo‘shilganligi qayd etildi. Bir so‘z bilan aytganda, strategiyaning uchinchi yo‘nalishidagi maqsad va vazifalarni ta’minlashda bundan keyin ham viloyat ayollari – partiya faollarining o‘z o‘rni bo‘ladi.
Davra suhbatida taraqqiyot strategiyasining barcha yo‘nalishlari mazmun-mohiyati aniq-ravshan va batafsil ochib berildi. Ayollarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy muhofazasi, ona va bola salamatligini saqlash, aholiga madaniy-maishiy, tibbiy va boshqa sohalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish xususida ham Davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda ularning viloyatdagi ijrosi tinglovchilar e’tiborida bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida yaqilashib kelayotgan 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan O’zLiDePning faol ayollariga eng samimiy tilaklar bildirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring