O’zLiDePning faol yoshlari uchun «TAXIATOSH CHICKEN» MChJga biznes tur tashkil qilindi

25.03.2022, 17:46

O’zLiDePning faol yoshlari uchun «TAXIATOSH CHICKEN» MChJga biznes tur tashkil qilindi

Bugungi kunda 75 ming nafar aholi istiqomat qiladigan Taxiyatosh tumanida ham keyingi yillari barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligi sohasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.

Birgina ishlab chiqarish korxonalarining yo‘lga qo‘yilishi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Bunda albatta ishning ko‘zini biladigan tadbirkorlarning  tashabbuslari  muhim  ahamiyatga ega. 2021 yilning may oyida ishga tushgan «TAXIATOSH CHICKEN» yirik parrandachilik korxonasining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Kengashi  “Yoshlar qanoti”  tashabbusi  bilan mazkur korxonaga biznes tur tashkil qilindi. 

Maqsad esa  yoshlarimizning tadbirkorlik sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, nafaqat  teoriya, balki  amaliy tajribada elektoratimiz vakillarining olib borayotgan ishlarini ham ko‘rsatish, talaba yoshlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini uyg‘otish va ularni  qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 

Taxiyatoshlik tadbirkor Arazberdi  Yusupov  boshqarib kelayotgan mazkur  parrandachilik klasterida bugungi kunda 25 ming bosh parranda mavjud. 30 nafar ishsiz aholi  doimii ish bilan ta’minlanib, ular ikki smenada  faoliyat olib boradi. 45 kunlik  inkubatorimizda yetishib chiqqan jo‘jalarimiz aholiga arzon va sifatli jo‘jalar bilan ta’minlashda  ichki bozorda o‘z xaridoriga ega.  

Taxiyatosh tumanida tashkil qilingan mazkur parrandachilik klasteri ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashda  muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ayniqsa tadbirkor tomonidan ishsiz fuqarolarga shartnoma asosida "Bir xonadonga - 100 bosh tovuq" tizimi asosida tuxumchilikka ixtisoslashgan  xonaki  tovuqlar  tarqatilmoqda.

 Birinchi navbatda “Temir daftari”, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, uyida tovuq boqish undan daromad olish sharoiti bor ishsiz oilalarga amaliy yordam berish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash va doimiy daromad manbalarini yaratish maqsad qilingan.

Bu tizimni oddiy qilib tushuntiradigan bo‘lsak, tadbirkor tomonidan uyida tovuq boqish sharoiti bor, maqsadi daromadli bo‘lish istagi bor ishsizlarga 100 tovuq va uning omuxta-emi yetkazib beriladi hamda har  kunlik tuxumni o‘zi sotib oladi. Misol uchun 100 tovuqdan o‘rtacha 75-80 tuxum olinsa, bu kuniga 75-80 ming so‘m oyiga 2-2,5 mln.so‘m daromad degani.    

Partiyaning faol yoshlari uchun tashkil qilingan biznes turda talaba yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi borligi aniqlandi va bunda albatta O’zLiDeP partiyasi ham qamarbasta bo‘lishini e’tirof etdi.   

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    564
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+