BPT sarhisobi: Toshkent shahridagi 1325 ta quyi bo‘g‘in faoliyatining 37 tasi qoniqarsiz deb topildi

04.04.2022, 14:32

BPT sarhisobi: Toshkent shahridagi 1325 ta quyi bo‘g‘in faoliyatining 37 tasi qoniqarsiz deb topildi

Toshkent shahridagi faoliyat yuritayotgan korxonalar, xo‘jaliklar, muassasalar, tashkilotlarda hamyurtlarimiz bilan yuzma-yuz ish olib borayotgan tayanch tuzilmalar aholining turli qatlamlari vakillari bilan bevosita aloqa qilish, ularga partiyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniga ega. Ular saylovchilar bilan partiya o‘rtasida ko‘prik. Quyi bo‘g‘inlar qanchalik faol bo‘lsa, partiyamizga ishonch shunchalik kuchayadi.

Joriy yilning 15 fevralidan 15 aprelga qadar davom etadigan hisobot-saylov yig‘ilishlari esa mazkur muhim bo‘g‘in mustahkamligini sinovdan o‘tkazish barobarida uning nechog‘lik ishchanligi, tashabbuskorligi haqida ham muayyan xulosalar chiqarish uchun imkon yaratadi, takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Ushbu muhim tadbirlarda tayanch nuqtalar ishini baholash, rais va ularning o‘rinbosarlarini saylash eng asosiy vazifa ekani diqqatga molik.

Shu kungacha 1325 ta boshlang‘ich tashkilotda hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. O’tgan yildagi faoliyati qoniqarsiz deb baholangan  37 ta tayanch bo‘g‘inga yangi raislar saylandi. Ma’lumki, hisobot-saylov yig‘ilishlari BPTning o‘tgan davrdagi faoliyatini tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganish, xato va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish yo‘llarini izlash, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etiladi. Zero, bugungi talab ham BPTlar faoliyatini yanada takomillashtirish, a’zolarning sifat tarkibini yaxshilash, elektorat vakillarining qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirishdan iborat.

Bu borada ko‘pgina BPTlar tomonidan talaygina ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, “PGS” xususiy korxonosi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” AJ korxonasi, “Sarbon-Neftgaz” MChJ, “Toshkentvino” MChJ, “Hududpoytaxtgaz” Toshkent shahar filialida tashkil etilgan quyi bo‘g‘inlar partiya targ‘ibotini olib borishda, mahalliy kengashlar deputatlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yishda faollik ko‘rsatmoqda.

Ushbu boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilib, 237 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shildi. Shuningdek, quyi bo‘g‘in a’zolari partiyadan saylangan deputatlar bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni muammoli masalalarini hal etish, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish,  ehtiyojmand oilalar, nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olish, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, partiya a’zolarini ko‘paytirishda ham faollik ko‘rsatildi. Natijada 21 nafar yoshlar o‘z bizneslarini olib bormoqdalar. Bunday amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ko‘plab misollar keltirish mumkin.  

         Muzaffar Murodov,

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+