Qoraqalpog‘istonda 2018-2019 yillarda hunarmandchilik bo‘yicha 173 loyiha ishga tushishi natijasida 348 yangi ish o‘rni yaratiladi

07.03.2018, 16:04

Qoraqalpog‘istonda 2018-2019 yillarda hunarmandchilik bo‘yicha 173 loyiha ishga tushishi natijasida 348 yangi ish o‘rni yaratiladi

Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar 2018 yil ish-rejasiga muvofiq “Asaka bank”, AT “Ipoteka bank”, ATB “Agrobank”, “Mikrokreditbank” ATB, ATB “Qishloq qurilish bank”, AK “Aloqabank”lari  mutasaddilarining hisobotini eshitdi.

Dastlab bank mutasaddilari Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha 2018-2019 yillarda mamlakatimizda hunarmandchilikni rivojlantirishning manzilli dasturida shahar hududidagi loyiha innitsiatorlariga tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladigan kredit resurslari haqida ma’lumotlar berdi.

Qayd etilishicha, Farmonda belgilangan manzilli dasturga ko‘ra  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha loyiha qiymati 5979,0 mln. so‘mga teng, shundan, 4502,0 mln.so‘m tijorat banklari krediti hisobiga 348 yangi ish o‘rinlari yaratilishini ko‘zda tutuvchi 173 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.  

–Qabul qilingan dastur asosida 79 loyihaga 2148,0 mln.so‘m miqdorida kreditlar ajiratildi, – deydi “Mikrokreditbank” ATB xodimi Ramiza Tulepova. – Agar, hunarmand yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan tadbirkorlar “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lsa, 2017 yil 1 dekabrdan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda sotishda doimiy soliq to‘lamlaridan ozod etilishi belgilangan. Shu boisdan hozirga qadar 118 tadbirkor uyushmaga a’zo bo‘ldi va 124 hunarmandga bankimizdan hisob varaqasi ochildi.

Ta’kidlash kerak, Farmonda belgilangan manzilli dasturga ko‘ra Nukus shahrida AT “Aloqabank”ning 8,0 mln.so‘m krediti hisobidan hunarmand Nigora Sidabullayeva, ATB “Agrobank”ning 50,0 mln.so‘m krediti hisobidan  Salamat Qarlibayev  shuningdek, “Mikrokreditbank” ATBning 50,0 mln.so‘m krediti hisobidan Azatbay Otarbayevlarning loyihasi ishga tushdi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2152
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+