Qiziltepada faoliyat boshlagan uy bog‘chada BPT tashkil qilindi
25.04.2022, 15:20
Qiziltepa tuman markazida faoliyat olib borayotgan “Evrika” uy bog‘chasi tadbirkorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlarning samarasi o‘laroq bunyod etilgan.
Yosh va har tomonlama izlanuvchan G.Narziyeva o‘qituvchilik faoliyati davomida tadbirkorlikni ham yo‘lga qo‘yib, “Evrika “ o‘quv markazini va shu nomdagi uy-bog‘chasini ochdi.
Ishidan ayrilmagan holda, ham o‘quv markazi, ham uy-bog‘cha ishini yurgizib kelyapti.
Hozirda 25 nafar maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘z bag‘riga olgan “Evrika”da bolalar uchun hamma shart-sharoitlar yetarli.
- 3 nafar doimiy tarbiyachini ishga olganman.Yana 5 nafar mutaxassis o‘qituvchiga shartnoma asosida pul beraman. Bizning yoshligimiz tadbirkorlikka katta ahamiyat berilgan bir davrga to‘g‘ri kelgani bu bizning baxtimiz, deb o‘ylayman.Chunki bu davr bizga har qanday to‘siqni yengib o‘tishga, har qanday holatda oldinga yo‘l topishga o‘rgatdi, - deydi “Evrika” bolalar bog‘chasi rahbari G.Garziyeva.
O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi “Ayollar qanoti” yosh tadbirkorning chorloviga binoan Qiziltepa markazida tashkil etilgan uy-bog‘chada bo‘lib, bog‘cha xodimalarining istagiga binoan ularga partiyaga a’zolik guvohnomalarini topshirdi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
jamoatchilik bilan ishlash va
mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring