O‘zLiDeP deputati Namangan tumani Sho‘rqo‘rg‘on MFYdagi 35 nafar xotin-qizga bayram sovg‘alari ulashdi

09.03.2018, 19:37

O‘zLiDeP deputati Namangan tumani Sho‘rqo‘rg‘on MFYdagi 35 nafar xotin-qizga bayram sovg‘alari ulashdi

Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muxsin Xusanov tumandagi Sho‘rqo‘rg‘on MFYda kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalar xonadonlarida bo‘lib,  8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan munis ayollarni, dilbar qizlarni tabrikladi.

– 2 ming 864 nafar fuqaro istiqomat qiladigan bu mahallaning 1 ming 401 nafarini ayollar tashkil qiladi, shundan 92 nafari ijtimoiy yordamga muxtoj, 28 nafari esa nogironlardir, – deydi Xalq deputatlari Namangan tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi M.Xusanov. – Bugungi xayriya tadbiridan ko‘zlangan maqsad ham ularning ko‘ngillarini shod etish, oz bo‘lsada ularga quvonch ulashish edi va biz bunga erishdik.   

–Deputatning xonadonimizga kelib, bayram bilan tabriklaganidan to‘g‘risi,  kasalligimni ham unutib yubordim, – deydi  Sho‘rqurg‘on MFY  “Yoshlik” ko‘chasi 126-uyda yashovchi 1-gurux nogironi Gavxar Malikova. – Buning uchun O‘zLiDeP faollari hamda deputatimizdan minnatdorman.

Ta’kidlash kerak, deputat ko‘magida “8 mart – Xalkaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan ijtimoiy yordamga muxtoj 35 nafar xotin-qizga qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yulduz Yuldasheva,

                                             O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2028
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+