“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida sirdaryolik talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

07.05.2022, 14:59

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida sirdaryolik talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan «Yangi avlod kadrlari» loyihasi doirasida Toshkent kimyo texnologiyalar universiteti Yangiyer filialida tadbir o‘tkazildi.

Dastlab so‘z olgan O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Tashkiliy-partiyaviy va Istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Komiljon Burxanov talabalarga partiyaning «Yangi avlod kadrlari» loyihasi asosida olib borilayotgan targ‘ibotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Albatta, har bir yangilikka o‘ch va bugungi zamon talabiga mos bilim olishga intilayotgan yoshlarni partiya kadrlar zaxirasiga olish ularga ham ma’qul keldi.

Shundan so‘ng, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Xusan Jabborov hamda O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi apparat rahbari Normurod Babaxanov ham so‘zga chiqib, “Yangi avlod kadrlari” loyihasiga ko‘ra hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida oliy o‘quv yurti bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta o‘qitish va pirovard natijada zamonaviy rahbarlar tayyorlash tizimini yaratish va muvofiqlashtirishga alohida e’tibor berilayotganini ta’kidladi.

Tadbir savol-javoblar asosida o‘tdi.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+