Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
16.05.2022, 15:33
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Sanjarbek Kumushev tashabbusi bilan “Kamolot” va “Yangi Kamolot”, “Yalang‘och” va “Shalola” MFY hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha biriktirilgan vakillar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad mahallalardagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, shuningdek yangi ish o‘rinlarini yaratish muhokamasidan iborat bo‘lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullar axboroti eshitildi va tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng hokim yordamchilari hamrohligida deputat mazkur MFYlarda o‘rganish olib bordi hamda aholining mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring