BPT faollari Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida o‘z takliflarini bildiryapti
06.07.2022, 16:54
O'zLiDeP Uchtepa tuman Kengashi va tuman “Madaniyat bo‘limi” qoshidagi BPT ishtirokida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati hamda Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha o‘zgartishlar bo‘yicha tadbir ishtirokchilariga keng ma’lumotlar berildi.
Bosh qomusimizda davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni himoya qilish, O’zbekiston xalqi ma’naviy va madaniy merosining uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda. Shuningdek, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi mustahkamlanmoqda. Konstitutsiyamizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga bo‘lgan huquqining mazmun-mohiyati aniq ochib berilmoqda. Jumladan, fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning o‘ziga xos tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar hamda an’analardan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda va qonun doirasida hal etish huquqi hamda uni amalga oshira olish qobiliyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb e’tirof etilishi o‘rnatilmoqda.
Ishtirokchilar o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring