“Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori!” loyihasi doirasida mahorat darsi o‘tkazildi

19.07.2022, 11:14

“Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori!” loyihasi doirasida mahorat darsi o‘tkazildi

O’zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori!” loyihasi doirasida partiya  Buxoro  shahar Kengashi “Ayollar qanoti” faoli, “Banoaz tekstil” MChJ BPT raisi Maxtob Adilova hamda Buxoro davlat universiteti “Agronomiya va biotexnologiya” fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilarga “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon mazmun-mohiyati va maqsadlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar hamda tomorqa xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish orqali aholi daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish borasida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir doirasida universitet talaba-yoshlari uchun mahorat darsi tashkil etildi hamda mazkur tashkilotda kelajakda talabalarning amaliyot o‘tashi ham kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+