Deputatlik eshituvi: Samarqandda maktab, bog‘cha, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

26.07.2022, 17:06

Deputatlik eshituvi: Samarqandda maktab, bog‘cha, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda uchta masala ko‘rib chiqildi.

Deputalar dastlab Viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri Samadjon Ilmurodovning axbarotini eshitishdi.

Hisobotda har bir fuqaroga aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish, innovatsion ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi kunda viloyatda 340 974 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar mavjud bo‘lib, ularning 231 735 nafari yoki 68,0 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bo‘lib, bu ko‘rsatgich 2017 yilda 20,9 foiz bo‘lsa bugungi kunga kelib bog‘chalarlar soni 2 923 taga oshib, 3 487 tani tashkil etmoqda.

Viloyat bo‘yicha 704 ta davlat bog‘chalarida 141 793 nafar,  115 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi bog‘chalarga 12 123 nafar, 63 ta nodavlat (xususiy) bog‘chalarga 6 389 nafar, 2 604 ta oilaviy bog‘chalarga 71 293 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan.

Shuningdek, 2022 yil yakuniga qadar  3-7 yoshli bolalar qamrovini 72,7 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bunda 46 ta davlat, 6 ta xususiy, 18 ta DXSh va 310 ta oilaviy nodavlat MTTlar jami 380 ta bog‘chalar tashkil etilib, 14 650 nafar bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Quvonarlisi chekka hududlarda “Aqlvoy” loyihasi doirasida 36 ta mobil guruhlarni tashkil etib, 576 nafar bolalar qamrab olinadi.

Bugungi kunda viloyatda jami 1 286 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan, 1 259 ta maktablar (184 filial), 8 ta maxsus maktab-internati, 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 1 ta bolalar kutubxonasi va 1 ta malaka  oshirish hududiy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan xususiy va uy bog‘chalarga imkoniyatlar yetarli darajada yaratilmaganligi, ularni xujjatlarini rasmiylashtirishda sohada kamchiliklar mavjudligi, maktablarda bolalarni joylashtirish borasidagi ishlar ham talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi deputatlar tomonidan tanqid qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda deputatlar Samarqand viloyatida pensiya jamg‘armasi tomonidan 2022 yilning birinchi yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Abdujabbor Ne’matovning hamda Prezidentimizning 2021 yil 11 noyabrdagi “Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash Boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Xusayn Bo‘riyevning axbarotlari eshitildi.

Nodir To‘rayev,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    610
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+