“UZTEX-Shovot” o‘tgan yil 18,1 mln AQSh dollarlik mahsulot eksport qildi

17.03.2018, 18:51

 “UZTEX-Shovot” o‘tgan yil 18,1 mln AQSh dollarlik mahsulot eksport qildi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan “UZTEX-Shovot” MChJ qo‘shma korxonasida “O‘zLiDeP – mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanish va eksportni yanada oshirish tarafdori” mavzuida amaliy seminar tashkil etildi.

–Davlatimiz rahbari joriy yil 27 fevral  kuni eksportni ko‘paytirish va importni qisqartirishga bag‘ishlangan videoselektorda eksport masalasiga alohida e’tibor qaratib, sohani rivojlantirishga doir aniq ko‘rsatma bergan edilar, – deydi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Sh.Safarbayev. – Shu bois seminarda ushbu vazifalardan kelib chiqib, joriy yildagi eksport imkoniyatlarini o‘rgangan holda reja va amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha fikrlashib odik. Shu bilan birga sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda uchrayotgan muammo va to‘siqlarni o‘rganib, ularni hal qilishga doir aniq vazifalar ham belgilab olindi. 

–Korxonamizdagi zamonaviy innovatsion dastgohlarda paxta tolasidan sifatli va raqobatbardosh ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqariladi, – deydi “UZTEX SHOVOT” qo‘shma korxonasi rahbari Ravshan Hayitboyev. –2017 yilda jami 10691,6 tonna yoki 141,5 mlrd.so‘m miqdorida ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarilib, 18,1 mln AQSh dollari qiymatidagi mahsulotimiz eksport qilindi. Kelgusida korxonamiz mahsulotlari eksportini oshirish va shu orqali tarmog‘imizni yanada rivojlantirish niyatidamiz.   

Seminar davomida 23 nafar ishchi-xodim partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    3126
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+