O‘zLiDeP umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda

18.03.2018, 10:52

O‘zLiDeP umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda

Joriy yilning 18-19 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan edi. Mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda bugun erta tongdan barcha hamjihatlikda obodonlik ishlariga kirishishdi. Jumladan, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiya hududiy tashkilotlari xodimlari ham  umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash kerak, hashar kunlari mamlakatimiz bo‘ylab 44 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish va tozalash, 27 ming kilometrga yaqin uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston, 760 dan ziyod ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirish, 18 millionga yaqin daraxtni oqlash va ularga shakl berish, shu bilan birga, 12 millionga yaqin manzarali, 10 milliondan ortiq mevali ko‘chat, 14 milliondan ortiq gul ko‘chati o‘tqazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning uy-joylarini hashar yo‘li bilan ta’mirlash va tartibga keltirish, ehtiyojmand oila, nogiron va yolg‘iz qariyalar, urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olish, ularga moddiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1093
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+